09:48 / 29.04.2022
9972

O‘zbekistonga yengil avtomobillar importi 2,7 barobarga oshdi

3 oyda xorijdan 8 508 ta yengil avtomobil import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Foto: Kun.uz

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston 21 ta xorijiy davlatlardan qiymati 189,3 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 8 508 ta yengil avtomobil import qilgan. 

Qayd etilishicha, yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5 361 taga yoki 2,7 barobarga oshgan.

Statistika qo‘mitasi ma’lum qilishicha, O‘zbekiston mart oyida 2 560 ta yengil avtomobil import qilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekistonga 3 oyda 455 ta elektromobil import qilingan.

Top