10:39 / 30.04.2022
7715

O‘zbekiston Afg‘onistonga 58 ta vagonda insonparvarlik yordami jo‘natdi

Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordami jo‘natildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun, 30 aprel kuni O‘zbekistonning birodar afg‘on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordami 58 ta vagondan iborat ezgulik poyezdida Termiz shahridagi "Ayritom" chegara o‘tkazish punkti orqali qo‘shni mamlakatga jo‘natilgan.

Qayd etilishicha, shu munosabat bilan ikki mamlakat rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi. 

Afg‘onistonga O‘zbekistondan yuborilgan navbatdagi insonparvarlik yordami ichida quyidagilar bor:

  • 16 ta vagonda 1000 tonna un;
  • 5 ta vagonda guruch;
  • 1 ta vagonda 12 000 dona ikra;
  • 1 ta vagonda 9679 quti shokolad, pechene;
  • 1 ta vagonda 16 156 banka murabbo;
  • 1 ta vagonda 70 000 qadoqda dori-darmon;
  • 1 ta vagonda 100 000 dona vaksina, 100 000 dona kovid-test, 20 000 dona kiyim-kechak, 10 tonna yog‘;
  • 2 ta vagonda 6600 quti lapsha mahsuloti;
  • 1 ta vagonda 103 716 dona dori-darmon;
  • 29 ta vagonda 2000 tonna bug‘doy.

O‘tgan yil dekabr oyi oxirlarida ham Afg‘onistonga Termiz orqali insonparvarlik yordami jo‘natilgandi

O‘shanda 63 ta vagondan iborat ezgulik poyezdidagi yuklar oziq-ovqat, kiyim-kechak hamda ko‘mir mahsulotlaridan iborat ekani, u O‘zbekistondan afg‘on xalqiga beg‘araz yordam shaklida yuborilgani ma’lum qilingandi.

Top