21:17 / 30.04.2022
28968

«Real» - 35 karra La Liga chempioni

Ispaniya chempionatining 34-turida peshqadam «Real» (81) o‘z maydonida «Espanol»ni (39, 13-o‘rin) qabul qilib, javobsiz 4ta gol urdi va muddatidan avval turnir g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Rodrigo dublga erishgan bo‘lsa, Asensio va Benzema ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Foto: Getty Images

«Qirollik klubi» o‘z tarixida 35-bor La Liga chempioniga aylandi. Eng yaqin ta’qibchi «Barselona» sanaladi — 26.

Madridliklar ustozi Karlo Anchelotti tarixiy natijani qayd etdi. Italiyalik mutaxassis top-5 liganing barchasida g‘olib bo‘lgan ilk murabbiyga aylandi. U bungacha Italiyada «Milan», Angliyada «Chelsi», Fransiyada «PSJ», Germaniyada «Bavariya» bilan chempion bo‘lgan.

Shuningdek, tur doirasida «Vilyarreal» (52, 7-o‘rin) autsayder «Alaves»ga (28, 19-pog‘ona) yutqazib qo‘ydi.

La Liga. 34-tur. 30 aprel
Real — Espanol 4:0

Gollar: Rodrigo (33, 43), Asensio (55), Benzema (81). 
Real — Kurtua, Vaskes, Kazemiro (Isko, 60), Valexo, Marselo, Kamavinga (Gila, 75), Modrich (Kroos, 60), Sebalos, Rodrigo (Vinisius, 75), Asensio, Mariano (Benzema, 60).
Espanol — Lopes, Vidal, Kalero, Kabrera, Melendo, Errera (Merida, 76), Darder, Vilena (Morlanes, 65), Puado, de Tomas (Vu Ley, 65).
Ogohlantirishlar: Mariano (42), Kazemiro (46).

Alaves — Vilyarreal 2:1
Gollar: Laguardiya (4), Eskalante (31) — Chukvueze (47).

Top