20:49 / 30.04.2022
12461

Yevroittifoq yil oxirigacha Rossiya neftidan voz kechishni rejalashtirmoqda

Kelasi haftada Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketi tasdiqlanishi mumkin.

Foto: Bloomberg

Yevroittifoq yil oxirigacha Rossiya neftini sotib olishdan voz kechmoqchi. Bu haqda Bloomberg o‘z manbalariga tayanib xabar berdi. 

Agentlik suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, YeI Rossiya neftidan bosqichma-bosqich voz kechishni rejalashtirmoqda.

Kelasi haftada Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketi tasdiqlanishi mumkin. Shuningdek, Bryussel Rossiyaning ko‘proq banklarini SWIFT tizimidan uzib qo‘yishga erishmoqchi. 

Avvalroq The New York Times Yevroittifoq mamlakatlari Rossiya nefti importiga bosqichma-bosqich taqiq kiritishi haqida xabar bergandi. 

Shu bilan birga, Germaniya Rossiyadan uran va AESlar uchun boshqa unsurlar importi taqiqlanishini qo‘llab-quvvatlagan. 

Top