14:42 / 04.05.2022
8571

KXDR ballistik raketa sinovini o‘tkazdi

Bu KXDRning yil boshidan buyon o‘tkazgan 14-sinovi hisoblanadi.

Foto: AP

Shimoliy Koreya hukumati ballistik raketa sinovini o‘tkazdi. Bu haqda Janubiy Koreya armiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot berilishicha, raketa Phenyan yaqinidagi Sunan aerodromidan Yapon dengizi tomon uchirilgan.

NHK telekanalining xabariga ko‘ra, Yaponiya mudofaa vazirligi raketa milliy iqtisodiy hudud tashqarisiga tushganini ma’lum qilgan.

Yaponiya bosh vaziri Kisida Fumio tegishli tashkilotlarga mintaqadagi kema va samolyotlarga zarar yetish ehtimolini baholash topshirig‘ini bergan.

Bu KXDRning yil boshidan buyon o‘tkazgan 14-sinovi hisoblanadi.

Aprel o‘rtalarida Shimoliy Koreya taktik yadro qurolidan foydalanish samaradorligini oshirish salohiyatiga ega bo‘lgan boshqariladigan raketalar sinovini o‘tkazgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top