11:15 / 06.05.2022
8408

Dam olish kunlari quruq va issiq ob-havo kutilmoqda - «O‘zgidromet»

Bugun O‘zbekiston hududining katta qismida kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpog‘iston shimolida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi havo harorati 24-29 daraja issiq atrofida bo‘ladi.

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, shanba va yakshanba kunlari respublika hududining katta qismida quruq va juda iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Yakshanba kuni kunduzgi havo harorati 30-35 daraja issiqqacha ko‘tariladi. Faqat respublika shimoli Kavkaz hududlaridan kirib kelgan nam havo massasi ta’siri ostida bo‘ladi. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

9-10 may kunlari nam havo massasi mamlakat barcha hududlarini qamrab oladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘adi, 9 mayda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida, 10 mayda respublika hududining katta qismida kuchli yomg‘irlar kuzatilishi mumkin. 9 mayda kunduzgi havo harorati 30-35 daraja issiq atrofida saqlanib turadi, 10 mayda 23-28 daraja issiqqacha pasayadi.

8 mayda shimolda va cho‘l hududlarda, 9-10 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha, shimolda va cho‘l hududlarda 22-25 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang kuzatilishi mumkin.

Top