19:26 / 07.05.2022
17212

Turkiya Qora dengizdagi gaz zaxiralari qancha vaqtga yetishini ma’lum qildi 

Turkiya Qora dengizdan gaz qazib olish va uni tashishga qariyb o‘n milliard dollar sarflashni rejalashtirgan.

Foto: Anadolu Agency

Qora dengizdagi gaz zaxiralari 45 yilga yetadi. Bu haqda Adolat va taraqqiyot partiyasi rahbari o‘rinbosari, sobiq bosh vazir Binali Yildirim ma’lum qildi

«Hozirda Qora dengizdagi gaz zaxiralari miqdori 540 milliard kub metr deb baholanmoqda. Bu faqat boshlanishi, yana davom etadi. Qora dengiz dunyodagi gazga bo‘lgan ehtiyojni 45 yil davomida qoplay oladi», — dedi u. 

O‘z navbatida, Turkiya energetika va tabiiy resurslar vaziri Fotih Do‘nmaz Kriter nashriga bergan intervyusida mamlakat 2023 yil boshlarida mazkur konlardan foydalanishni boshlashini aytdi. 

Turkiya Qora dengizda yirik gaz zaxiralari topilganini 2020 yilda ma’lum qilgandi. Sakarya konidagi gaz miqdori 400 milliard kub metrdan ortiqroq ekanligi aytilgan.

Ma’lum qilinishicha, Turkiya Qora dengizdan gaz qazib olish va uni tashishga qariyb o‘n milliard dollar sarflashni rejalashtirgan.

Top