17:58 / 08.05.2022
10067

Velosipedlar shahri - Stokholmdan reportaj

Shvetsiya poytaxti Stokholm shahrida velosiped odamlar eng ko‘p foydalanadigan asosiy transport vositasi hisoblanadi. Aholi orasida avtomobildan ko‘ra velosipeddan foydalanish odatga aylangan.

Ko‘pchilik kundalik yumushlarga, ishga, o‘qishga velosipedda qatnaydi. Ravon va xavfsiz yo‘llarga ega bo‘lgan bu mamlakatda velosipeddan foydalanuvchilar uchun alohida veloyo‘laklar mavjud. Aholi velosipedda borgan manzilida qiyinchilikka uchramasligi uchun veloturargohlar tashkil qilingan bo‘lib, ularning barchasi bepul. Nosozlik yuz berganda esa istalgan hududda velosiped ta’mirlash shoxobchalari topiladi.

«Ishga borish uchun velosiped juda qulay transport hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida badantarbiya o‘rniga ham o‘tadi. Vaqtim ham tejaladi, salomatligimga ham foydali bo‘lgani uchun velosipeddan foydalanaman», deydi yo‘lovchilardan biri Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.

Shuningdek, shaharda shaxsiy avtomobili bor kishilar ham velosipeddan foydalanishi e’tiborga sazovor. Ular bu transport vositasi sog‘lik uchun foydali ekanligini e’tirof etishadi.

«Velosiped transport vositasi sifatida hamda sog‘lom turmush tarzida qulay. Turargoh uchun ham pul sarflamayman. Shaxsiy avtomobilim ham bor. Ammo undan faqat do‘konga borganda foydalanaman. Qolgan vaqtda va ishga velosipeddan foydalanaman», deydi stokholmlik velosipedchi.

Mavzuga oid
Top