15:52 / 10.05.2022
16148

Qoplonlar yashagan Qoplonqirga sayohat

Foto: KUN.UZ

6-8 may kunlari OAV vakillari uchun «Janubiy Ustyurt» milliy tabiat bog‘iga mediatur tashkil qilindi. Kun.uz muxbiri mazkur qo‘riqxona hududiga kiruvchi Qoplonqirdan fotosuratlarni taqdim qiladi. Qo‘ng‘irot tumani hududidagi Qoplonqir chinki O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston davlatlari o‘rtasida joylashgan.

Mazkur hudud ko‘rinishi jihatidan ajralib turadi. Baland-baland tepaliklar, bepoyon kengliklar insonlarni o‘ziga mahliyo etib qo‘yadi. Jurnalistlarni o‘ziga jalb qilgan narsa – bu hududning nomi bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, Qoplonqir deya nomlanishiga sabab bu yerlarda qadimdan qoplonlar yashagan va ular hozir ham mavjud ekanligi haqida ma’lumotlar bor.

Mavzuga oid
Top