09:00 / 13.05.2022
13382
Reklama

«Asakabank» AJda jurnalistlar bilan ochiq muloqot

Foto: Asakabank

Bosh ofisda o‘tkazilgan uchrashuvda "Asakabank" AJ boshqaruvi raisining o‘rinbosarlari va respublika Internet nashrlarining taklif etilgan jurnalistlari ishtirok etdi.

Foto: Asakabank
Foto: Asakabank

Ommaviy axborot vositalari vakillari transformatsiya qilish, xususiylashtirish, chakana xizmatlarni rivojlantirish va kreditlash tizimi haqida savollar berishdi. Bankning kadrlar salohiyatini va xorijiy sheriklar bilan munosabatlarni mustahkamlash, xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga o‘tish, kreditlash sohasidagi biznes-jarayonlarni optimallashtirish va yanada oshkora tizim yaratish uchun takomillashtirish to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Foto: Asakabank
Foto: Asakabank

Shuningdek, tadbirda jismoniy shaxslarga kredit berish nima uchun to‘xtatilgani va uning qayta tiklanishi shartlari haqida so‘z yuritildi.

OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.

Foto: Asakabank

Bunday uchrashuvlar bank faoliyatining ochiqligini ta’minlash, fuqarolar ijtimoiy tarmoq va messenjerlarda muhokama qilayotgan masalalarni tushuntirishga qaratilgan.

"Asakabank" AJ har doim OAV vakillari, blogerlar va keng jamoatchilik bilan muloqotga tayyor!

Reklama huquqi asosida

Top