21:34 / 13.05.2022
18087

"Bolalari bor har bir oilaga 650 ming so‘mdan pul ajratilishi" haqida xabar tarqatayotgan soxta saytlarga kirmaslik so‘raldi 

Qayd etilishicha, ushbu feyk havola orqali o‘tgan fuqarolardan shaxsga doir hamda plastik karta to‘g‘risida ma’lumotlarni kiritish so‘raladi. 

Ijtimoiy tarmoqlar va Telegram kanallarida O‘zbekiston prezidentining soxta veb-sayt havolasi (www.prezdent.uz-scc.site, www.uz-prezident.oplata-uzcard.com) bilan birga "bolalari bor har bir oilaga 650 000 so‘mdan budjetdan pul ajratilishi" haqidagi xabarlar tarqatilmoqda. Bu haqda O‘zbekistonda soxta axborotlarga raddiyalar uchun rasmiy manba hisoblanuvchi AntiFake.uz kanali ma’lum qildi

Qayd etilishicha, ushbu feyk havola orqali o‘tgan fuqarolardan shaxsga doir hamda plastik karta to‘g‘risida ma’lumotlarni kiritish so‘raladi. 

“Yana bir bor fuqarolardan bu kabi soxta saytlarga kirmaslikni so‘rab, virtual firibgarlardan ogoh bo‘lishga chaqiramiz”, deyiladi xabarda. 

Kanal aholi o‘rtasida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjudligini eslatib o‘tgan. 

Top