15:46 / 13.05.2022
5273

Ozarboyjon Boku Yerevan bilan tinchlik kelishuviga tayyorligini ma’lum qildi 

Qayd etilishicha, Tog‘li Qorabog‘ nizosi o‘tmishda qoldi va Bokuning bugungi kundagi asosiy vazifasi ozod qilingan hududlarni tiklash va mintaqada tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishiga hissa qo‘shishdan iborat. 

Foto: Anadolu Agency

Ozarboyjon va Armaniston davlat chegaralarini delimitatsiya qilish bo‘yicha komissiyalar raislari va formati belgilab olindi. Bu haqda Ozarboyjon tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov Dushanbeda MDH mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi

Bayramov yig‘ilish ishtirokchilariga Janubiy Kavkazdagi nizodan keyingi vaziyat haqida ma’lumot berdi.

Uning qayd etishicha, Tog‘li Qorabog‘ nizosi o‘tmishda qoldi va Bokuning bugungi kundagi asosiy vazifasi ozod qilingan hududlarni tiklash va mintaqada tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishiga hissa qo‘shishdan iborat.

Bayramov Ozarboyjon Armaniston bilan munosabatlarni yaxshilashga tayyorligini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ozarboyjon mintaqadagi tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirishga qat’iy qaror qilgan.

12 may kuni Ozarboyjon, Armaniston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Jayhun Bayramov, Ararat Mirzoyan va Sergey Lavrov Dushanbe shahrida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazgandi.

Ma’lumot berilishicha, uchrashuvda Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha kelishuvlarning bajarilishi hamda Boku va Yerevan o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash masalalari muhokama qilingan.

Mavzu
Qorabog‘ urushi
12 iyul kuni Ozarboyjon shimoli-g‘arbidagi Tovuz viloyati hududida ikki davlat qo‘shinlari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top