09:59 / 14.05.2022
81293

Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti O‘zbekistonda taxminan qachon ishlashi ma’lum qilindi

Starlink sun’iy yo‘ldosh internetining O‘zbekistonda ishlashi haqida SpaceX veb-saytidagi xaritada ko‘rsatilgan. Bu haqda O‘zbekiston tomoni hali ma’lum qilmadi.

Foto: Divulgação / SpaceX / Tecnoblog

SpaceX veb-saytidagi xaritada keltirilishicha, Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti O‘zbekistonda taxminan 2023 yilda ishlashni boshlaydi.

O‘zbekistonda 10-11 may kuni o‘tkazilgan “Space Technology Conference STC-2022” xalqaro konferensiyasida ham Starlink loyihasining O‘zbekistonda ishlashi masalasi muhokama qilingandi.

AKT vaziri va “O‘zbekkosmos” bosh direktori Toshkentga kelgan SpaceX kompaniyasi vakili Ben Mak Villiams bilan uchrashuv o‘tkazib, Starlink’ning O‘zbekiston bozoriga kirish masalasini muhokama qilgandi. Biroq bu qachon amalga oshishi haqida ma’lumot berilmagan.

SpaceX veb-saytidagi xaritada Starlink internetining hozir qaysi hududlarda ishlayotgani, yaqin kelajakda qayerda ishlashi va ishlamasligi ham ko‘rsatilgan. Unga ko‘ra, xizmat hozir asosan Shimoliy Amerika davlatlari, Janubiy Amerikaning ayrim hududlari, Yevropa va Avstraliyaning ma’lum bir hududlari, shuningdek, Yangi Zelandiyada ham ishlamoqda.

Starlink ishga tushishi mumkin bo‘lgan davlatlar qatoriga Xitoy, Shimoliy Koreya, Rossiya, Belarus, Eron, Suriya, Kuba, Venesuela va Afg‘oniston kiritilmagan.

Mavzuga oid
Top