08:44 / 15.05.2022
7467

Toshkentda Cobalt va Spark to‘qnashdi, yana bir Cobalt svetoforga urilib, yonib ketdi

Toshkent shahrida Cobalt va Spark avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Poytaxt IIBB axborot xizmati xabar qilishicha, 14 may kuni soat 01:00 larda Amir Temur ko‘chasi va Bog‘ishamol ko‘chalari chorrahasida ikki avtomobil — 1997 yilda tug‘ilgan X.O. boshqaruvidagi Spark va 2000 yilda tug‘ilgan A.B. boshqaruvidagi Cobalt to‘qnashgan.

YTH oqibatida Spark haydovchisi va yo‘lovchisi 2001 yilda tug‘ilgan M.M. tan jarohatlari bilan shifoxonaga joylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv o‘tkazilmoqda.

Olmazor tumanida esa Cobalt mashinasida yong‘in chiqdi. 

Qayd etilishicha, 2022 yilning 14 may kuni soat 05:00 larda Olmazor tumani Keles ko‘chasida haydovchi D.Y. Cobalt avtomashinasini boshqarib ketayotgan vaqtda, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi to‘siq ustiga chiqib ketib, svetoforga urilgan.

Oqibatda dvigatelda yong‘in chiqqan, tez orada voqea joyga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni bartaraf etgan.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Top