14:27 / 21.05.2022
10113

Bayden Kim Chen In bilan uchrashishga tayyorligini aytdi

Avvalroq Bayden ma’muriyati KXDR bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ikki tomonlama muloqotni rejalashtirmayotganini bildirgandi.

Foto: Getty Images

AQSh prezidenti Jo Bayden KXDR rahbari Kim Chen In bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi, deb xabar berdi TASS.

"Shimoliy Koreya rahbari bilan uchrashish masalasiga kelsak, ha, bu uning qanchalik samimiy va jiddiy bo‘lishiga bog‘liq", - dedi Bayden.

Avvalroq Bayden ma’muriyati KXDR bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ikki tomonlama muloqotni rejalashtirmayotganini bildirgandi.

AQShning avvalgi prezidenti Donald Tramp KXDR bilan muzokaralarda shaxsan ishtirok etgandi.

2018 yil iyunda Singapurda tarixda ilk bor AQSh-KXDR sammiti o‘tkazilgan, uning yakuniga ko‘ra qo‘shma hujjat imzolangandi.

2019 yil fevralda Hanoyda ikkinchi sammit bo‘lib o‘tdi. Tramp va Kim Chen In o‘zaro uchrashuvda kelishuvga erisha olmadi. 

2019 iyunda Tramp va Kim Chen uchinchi marta uchrashdi. Uchrashuv KXDR va Janubiy Koreya chegarasida bo‘lib o‘tdi.

Mavzuga oid
Top