07:40 / 25.05.2022
5386

Toshkentda sug‘urta polislari pulini o‘zlashtirgan sobiq direktor va uning sherigi aniqlandi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida sug‘urta polislari pulini o‘zlashtirgan sobiq direktor va uning sherigi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Foto: Pixabay

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda, “H.S.” AJ Toshkent viloyati filialining sobiq direktori M.O. va sug‘urta agenti S.I. tomonidan qat’iy hisobda turuvchi umumiy qiymati 725,3 mln so‘mlik 7 775 dona sug‘urta polislarini mijozlarga sotib, savdodan tushgan naqd pul mablag‘larni talon-toroj qilgani aniqlangan.

Shuningdek, mazkur sug‘urta polislaridan 14 tasi yo‘l harakati hodisasi sodir etilganidan keyin rasmiylashtirilib, fuqarolarga jami 315,4 mln so‘m sug‘urta qoplamasi noqonuniy to‘lab berilgani natijasida AJ manfaatlariga jami 1 040,7 mln so‘m zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Xabarda aytilishicha, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top