22:22 / 27.05.2022
19628

Avstriya kansleri Putinga "Gazprom" Haydahdagi gaz omborini to‘ldirmaydigan bo‘lsa, ombordan ayrilishini aytdi 

Karl Nehammerning so‘zlariga ko‘ra, u Avstriyaning pozitsiyasini ta’kidlash uchun Putin bilan telefon orqali muloqot o‘tkazgan. 

Foto: astora.de

Avstriya kansleri Karl Nehammer Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida agar "Gazprom" Haydahdagi gaz omborini to‘ldirmaydigan bo‘lsa, kompaniya ushbu ombordan ayrilishini aytdi, deb xabar berdi TASS. 

"Putin Avstriyaga to‘liq hajmda gaz yetkazib berishga amal qilinishini aytdi. Unga agar "Gazprom" Haydahdagi gaz omboridan foydalanmaydigan bo‘lsa, "Gazprom" bu ombordan ayrilishini va u boshqa gaz yetkazib beruvchilarga berilishini aytdim", - dedi Nehammer matbuot anjumanida. 

Kanslerning so‘zlariga ko‘ra, u Avstriyaning pozitsiyasini ta’kidlash uchun Putin bilan telefon orqali muloqot o‘tkazgan. 

"Suhbat avvalgi safargidek juda intensiv, juda jiddiy o‘tdi", - dedi Nehammer. 

12 may kuni Nehammer Haydahdagi yerosti gaz ombori "Gazprom" tomonidan to‘ldirilmaydigan bo‘lsa, ombor boshqalarga berilishini aytgandi. 

Top