07:28 / 18.06.2022
6187

«Hududiy elektr tarmoqlari» elektr energiyasi uchun to‘lovlardagi ehtimoliy uzilishlar haqida ogohlantirdi

2022 yil 17 iyun soat 21:00 dan 20 iyun soat 22:00 gacha elektr energiyasi bo‘yicha billing tizimida profilaktik ishlar olib boriladi. Bu haqda «Hududiy elektr tarmoqlari» matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, bunda «Hududiy elektr tarmoqlari» tomonidan ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda iste’molchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsad qilingan. 

Bildirilishicha, mazkur vaqt oralig‘ida elektr energiyasi uchun onlayn to‘lovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisobraqamdagi mavjud ma’lumotlarni olishda texnik uzilishlar bo‘lishi mumkin.

“Shu bilan birga, iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida ayni muddatda qarzdor iste’molchilar tarmoqdan avtomatik tarzda ajratilmasligini eslatib o‘tamiz”, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid
Top