16:09 / 25.06.2022
10984

Bobur haqidagi kitob The Guardian e’tirofiga sazovor bo‘ldi

Foto: acdfuz

“Bobur tarixi. Shahzoda, Sulton, Donishmand” The Guardian gazetasi talqiniga ko‘ra, joriy yilning yoz faslidagi bolalar uchun eng yaxshi suratli nashrlar ro‘yxatiga kiritildi.

Bundan tashqari, Anuradxa Sharma muallifligidagi kitob Buyuk Britaniyaning nufuzli bolalar kitoblari guruhlari uyushmasi a’zosi Redingdagi bolalar kitoblari guruhi tomonidan iyun oyining eng yaxshi kitobi deb topildi.

“Bobur tarixi. Shahzoda, Sulton, Donishmand” asari Boburning xotiralari jamlangan “Boburnoma”ning go‘zal qayta hikoyasidir. Bu islom adabiyoti tarixidagi birinchi haqiqiy tarjimai hol bo‘lgan edi.

Kitob shu yilning may oyida ingliz tilida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi @acdfuz tomonidan Scala Publishers nashriyoti bilan hamkorlikda nashr etilgan. Avgust oyida o‘zbek va rus tillarida hamda uchta Brayl shriftida chop etiladi.

Top