15:36 / 25.06.2022
30417

O‘zbekiston insonparvarlik yordami Afg‘oniston tomoniga topshirildi (foto)

Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan Afg‘onistonga yuborilgan navbatdagi insonparvarlik yordami afg‘on tomoniga topshirildi.

Kun.uz muxbirining voqea joyidan xabar qilishicha, bunda Afg‘onistonda ro‘y bergan zilzila oqibatida jabr ko‘rganlarga ko‘mak ko‘rsatish maqsad qilingan.

O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Ismatulla Ergashev rahbarligidagi delegatsiya Afg‘onistonga insonparvarlik yordamini yetkazgan. O‘zbekiston tomonini Afg‘oniston axborot va madaniyat vaziri hamda favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari kutib oldi.

Bugun, 25 iyun kuni insonparvarlik yordamining 37 tonnasi olib borilgan bo‘lsa, ertaga, 26 iyun kuni yana 37 tonna yetkaziladi.

Insonparvarlik yordami oziq-ovqat mahsulotlari, birlamchi zarur predmetlar va medikamentlardan iborat.

Top