23:38 / 25.06.2022
18084

Rossiya gazdan qurol sifatida foydalanmoqda – Oq uy

Jon Kirbining so‘zlariga ko‘ra, Oq uydagilar gaz yetkazib berish texnik muammolar sababli uzilib qolganiga ishonmaydi.

Foto: Getty Images

Yevropaga gaz yetkazib berishning qisqarishi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning energiyadan qurol sifatida foydalanishga tayyorligining yana bir namoyishi, dedi AQSh milliy xavfsizlik kengashi vakili Jon Kirbi.

Kirbining qo‘shimcha qilishicha, Oq uydagilar gaz yetkazib berish texnik muammolar sababli uzilib qolganiga ishonmaydi.

«Bu janob Putinning energiyadan qurol sifatida foydalanishga tayyorligining yana bir ifodasi, deb o‘ylaymiz. Biz ushbu vaziyat bo‘yicha Rossiyaning hech bir bayonotiga ishonmaymiz», — dedi u. 

Yevrokomissiyaning bildirishicha, YeIning 12 mamlakatiga Rossiyadan gaz yetkazilishi hajmi qisqargan. 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top