11:19 / 29.06.2022
2444

3722 nafar fuqaroga oziq-ovqat mahsulotlari uchun qo‘shimcha to‘lov to‘lab berildi 

O‘zbekistonda 3722 nafar fuqaroga oziq-ovqat mahsulotlari uchun qo‘shimcha to‘lov to‘landi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tomonidan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar hamda nogironligi bo‘lgan  3 758 nafar fuqaroga to‘lov qaydnomalari shakllantirilib, Xalq banki va boshqa tijorat banklariga yetkazilgan.

Ma’lum qilinishicha, 28 iyun holatiga ko‘ra 3 722 nafar shaxsga (99 foiz) to‘lovlar amalga oshirildi. 

Joriy yil iyun oyida vaqtincha uyida yo‘qligi sababli to‘lanmasdan qaytarilgan 36 nafar fuqaroga qo‘shimcha to‘lov mablag‘lari iyul oyi to‘lovlariga qo‘shib yetkaziladi.

Top