23:24 / 30.06.2022
17788

Indoneziya prezidenti Putinga Zelenskiyning maktubini topshirganini aytdi 

Joko Vidodo Moskvaga tashrifi oldidan Kiyevda Ukraina prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazgandi. 

Foto: kremlin.ru

Indoneziya prezidenti Joko Vidodo Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ukrainalik hamkasbi Volodimir Zelenskiyning maktubini topshirganini ma’lum qildi.

U Moskvaga tashrifi oldidan Kiyevda Ukraina prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazgandi.

"Men prezident Putinga prezident Zelenskiyning maktubini topshirdim va ikki rahbar o‘rtasida muloqot o‘rnatishga tayyorligimni bildirdim", — dedi Vidodo.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu borada hech qanday ma’lumotga ega emasligini aytdi.

Kiyevdagi uchrashuvdan so‘ng Vidodo Zelenskiyga Putinga maktub yo‘llashni taklif qilganini aytgandi. 

Top