2022 yilning 1 yanvar holatiga, O‘zbekistonda 20,1 ming bosh tuya bo‘lgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Statistikaga ko‘ra, jami tuyalarning eng ko‘p ulushiga ega hududlar quyidagilar:
- Navoiy viloyati – 44,3 foiz
- Qoraqalpog‘iston R. – 24,1 foiz
- Buxoro viloyati – 11,9 foiz
- Qashqadaryo viloyati – 8,1 foiz
Qolgan 10 ta hududda jami tuyalarning 11,6 foizi qayd etilgan.