12:45 / 03.07.2022
18921

Qoraqalpog‘iston va Qozog‘iston o‘rtasida temiryo‘l qatnovi reysi bekor qilindi

«Nukus—Beyneu—Nukus» yo‘nalishida qatnovchi xalqaro yo‘lovchi poyezdining 3 kungi bitta reysi bekor qilindi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» xabar berdi.

«Nukus — Beyneu — Nukus» yo‘nalishida qatnovini amalga oshiradigan 647/648-sonli xalqaro yo‘lovchi poyezdining harakati texnik sabablarga ko‘ra bir reysga bekor qilinadi. Xarid qilingan chiptalarning summasi to‘liq qiymatda o‘z egalariga qaytarib beriladi», deyiladi xabarda.

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ rahbariyati keltirilgan noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkinligi aytilgan.

Bundan oldinroq Qo‘ng‘irotdagi «Dovud ota» posti orqali O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida fuqarolar, avtomobillar va yuklar harakati vaqtincha to‘xtatilgani xabar qilingandi.

Mavzu
Qoraqalpog‘istondagi namoyishlar
1-2 iyul kunlari Qoraqalpog‘iston markazi Nukus shahrida tartibsizliklar kuzatildi. Milliy gvardiya xodimlari bilan to‘qnashuvlarda 200 dan ortiq kishi yaralangan, 18 kishi halok bo‘lgan.
Barchasi
Mavzuga oid
Top