12:00 / 04.07.2022
14604

Tejamkor va aqlli konditsionerlar haqida bilishni istaysizmi?

Foto: Samsung

Iyuldan Samsung konditsionerlarining yangi avlodini taqdim etadi va mijozlar qulay narxlarda xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Yoz chillasi avjiga chiqqan paytda ko‘pchilik konditsioner xaridi haqida o‘ylab qoladi. Bu tabiiy: jazirama issiqni salqin sharoitda o‘tkazish yaxshiroq. Samsung kompaniyasi yana bizning qulayligimiz haqida g‘amxo‘rlik qilmoqda, endi u konditsionerlarning yangi avlodini xarid qilishni taklif etadi. Iyuldan boshlab o‘zbekistonliklar barcha savdo nuqtalaridan konditsioner xarid qilishlari va oila a’zolarini xursand qilishlari mumkin.

Salqinlik va kam xarajat

Jazirama issiqda salqin sharoitlar yaratishga Samsung konditsioneri yordam beradi. U har qanday intererga mos tushadi. Yuqori unumdorlik, boshqarish osonligi, ishonchlilik – ushbu texnikaning o‘zgarmas sifatlaridir.

Samsung kompaniyasi qulay hayot uchun innovatsion iqlim yechimlarini ishlab chiqdi. WindFree texnologiyasi xonani “shamolsiz” bir tekis sovitadi. Qurilmadagi ko‘plab mayda teshiklar tufayli sovitilgan havo shamol oqimi va yelvizak yaratmasdan xona bo‘ylab tarqaladi. Shu bois konditsioner ostida shamollab qolish ehtimoli deyarli yo‘q. Agar uyda bolalar bo‘lsa, bu yanada dolzarb ahamiyat kasb etadi. Konditsioner belgilangan harorat qiymatiga yetganidan keyin avtomat tarzda salqin havoni tarqatish rejimiga o‘tadi.

Samsung turli modeldagi konditsionerlarining boshqa afzalliklari orasida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin:

  • ishonchli – invertor motorga 10 yillik kafolatga ega;
  • ergonomika — tashqi blok odatiy sovitish rejimi bilan solishtirganda elektr energiyasini kam iste’mol qiladi. Elektr energiyasi iste’moli 73% gacha pasayadi;
  • shovqinsiz – past tezlikda sovitish shovqinsiz ish rejimini ta’minlaydi;
  • toza va musaffo havo — havoni tozalashning ko‘p bosqichli tizimi zararli bakteriyalar va allergenlarni yo‘q qiladi;
  • avtonomiya — konditsionerga o‘rnatilgan Wi-Fi adapter iqlimni masofadan turib boshqarish imkonini beradi.

Samsung kompaniyasining iqlim texnikasi kunduzi ham, tunda ham qulay muhitni yaratadi.

Issiqmi? Demak, Samsung konditsionerini xarid qilish payti keldi

Yozning jazirama issig‘ini qulay sharoitlarda o‘tkazish va bunda xariddan uzoq muddatli foyda olish endi oson. Ishonchli texnikani xarid qilgan mijozlar vaqtlarini va mablag‘larini tejashlari mumkin. Yoz mavsumi iqlim uskunalariga yuqori talab davri bo‘lgani uchun kafolatlangan hamda rasmiy Samsung konditsionerlarini mijozlar hamkor do‘konlarida qulay shartlarda xarid qilishlari mumkin. Samsung konditsionerini xarid qiling va jazirama issiq muammosini unuting.

Sayt: samsung.uz

Facebook: fb.com/SamsungUzbekistan

Instagram: @samsunguzbekistan

Telegram: t.me/SamsungUzbekistan

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top