12:12 / 04.07.2022
9414

Termizda kuzatilayotgan kuchli shamol sabab Toshkent–Termiz–Toshkent aviareyslari vaqti o‘zgardi

Foto: KUN.UZ

"Uzbekistan Airways" matbuot xizmatining xabar berishicha, Termiz xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti, kuchli shamol va ko‘rish darajasi yetarli emasligi tufayli, bugun, 2022 yil 4 iyul kungi HY065 Toshkent – Termiz qatnovi vaqti 07:40 dan 12:10 ga ko‘chirilgan.

Shuningdek, HY066 Termiz – Toshkent qatnovi vaqti ham majburiy ko‘chiriladi.

“Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz. To‘g‘ri tushunishingizga umid qilamiz”, deyiladi xabarda.

Top