Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining xabar berishicha, Toshkent shahrining Bektemir tumanida aholidan yig‘ilgan badal pullarini o‘zlashtirgan shirkat rahbarlari aniqlangan.
Tergovga qadar tekshiruv vaqtida “I.L.”, “U.S.” va “E-S.” nomli xususiy uy-joylar mulkdorlari shirkati rahbarlari va boshqalar aholidan yig‘ilgan jami 275,3 mln so‘m majburiy badal to‘lovlarini kirim qilmagani ma’lum bo‘lgan. Badal to‘lovlari sifatida yig‘ib olingan mablag‘ o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi rasmiy xabarda.