19:51 / 06.07.2022
13029

Britaniya mudofaa vazirligi: Rossiyaning Donbass uchun jangdagi keyingi nishoni Slovyansk bo‘lishi mumkin

Foto: Scott Olson / Getty Images

Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi Ukrainadagi urush borishi haqidagi har kungi hisobotida Luhansk oblasti nazoratga olingach, rossiyalik harbiylarning keyingi maqsadi Slovyanskni egallash bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi.

Britaniya harbiy razvedkasiga ko‘ra, so‘nggi haftada Rossiya qo‘shini Izyumdan Slovyanskka olib boruvchi E40 trassasi bo‘ylab besh kilometrga ilgarilagan, bu yo‘nalishda ukrain harbiylari tomonidan «o‘ta qat’iy qarshilik» ko‘rsatilmoqda.

Ta’kidlanishicha, endi «G‘arb» va «Sharq» guruhlariga mansub rossiyalik harbiylar Slovyanskdan taxminan 16 kilometr masofada turibdi, bu shaharga o‘tgan haftada Ukrainaning Luhansk oblastidagi so‘nggi yirik shahri bo‘lgan Lisichanskni egallagan «Markaz» va «Janub» guruhlari ham tahdid solmoqda.

«Slovyansk uchun jang Donbass uchun katta jangdagi navbatdagi asosiy qarama-qarshilikka aylanishining real ehtimoli mavjud», deya qayd etadi Britaniya mudofaa vazirligi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top