10:53 / 08.07.2022
5844

Bugun - 8 iyul kuni xodimlar ishdan 1 soat erta ketishlari mumkin 

Ertaga - 9 iyul kuni Qurbon hayit (Iyd al-Adha) bayrami   munosabati bilan o‘zbekistonliklar qatorasiga 4 kun dam oladilar.

Foto: Shutterstock

Mehnat kodeksi 121-moddasiga binoan, ishlanmaydigan bayram kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.

Shuningdek, o‘zbekistonliklar ertadan boshlab ketma-ket 4 kun dam oladilar. Bular: 

9 iyul – shanba, Qurbon hayiti bayrami;

10 iyul – yakshanba, dam olish kuni;

11 iyul – dushanba, Prezident Farmoniga muvofiq barcha xodimlar uchun dam olish kuni;

12 iyul – seshanba: 

➖ besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 16 iyul — shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni;

➖ olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni.

Mavzuga oid
Top