14:30 / 10.07.2022
30513

Ukraina sharqida bug‘doy dalalari yonmoqda, Seversk va Kramatorsk o‘qqa tutilmoqda. Urush suratlari

Ukrainada urushning 136-kuni o‘tdi. So‘nggi ma’lumotlar:

  • Rossiya Donbassdagi aholi punktlariga zarbalar berishda davom etmoqda. 9 iyul kuni Drujivka, Slovyansk, Kostyantinivka va boshqa qator shahar va qishloqlar o‘qqa tutilgan. Qurbonlar va yaralanganlar bor. Rossiyalik harbiylar Krivoy Rog (ikki kishi halok bo‘ldi), Xarkiv (yetti kishi jabrlandi, jumladan 12 yoshli qizcha) va Mikolayivni (jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q) ham o‘qqa tutgan.
  • BMT inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari hisobotida Rossiya va Ukraina qo‘shinlari tinch aholi vakillari bo‘lgan fuqarolik obektlaridan turib jang qilgani qayd etildi.
  • Belarusda V belgisi aks etgan harbiy texnikalar kolonnasini ko‘rishgan, kolonna Minskdan Bobruysk tomon harakatlangan. Ukrain harbiylari Belarus bilan chegarani minalashtirgan.
  • Ukraina rossiyalik harbiylarni Xerson oblastidagi bug‘doy hosilini qasddan yo‘q qilishda aybladi, politsiya ma’lumotiga ko‘ra, hududda otishmalar tufayli har kuni o‘rmon va bug‘doy dalalarida yong‘inlar bo‘lmoqda.
  • O‘zini o‘zi mustaqil deb olgan «DXR»da o‘lim jazosiga moratoriy bekor qilinishi ortidan «Azov» polkining ikki jangchisi o‘limga hukm qilindi.

Quyida so‘nggi kunlarda Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Donbass

Donetsk oblastidagi Kostyantinivka shahrida yashovchi 64 yoshli Volodimir rossiyaliklarning raketa zarbasidan shikastlangan uyiga qaramoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 9 iyul kungi hujum oqibatida bu yerda bir kishi halok bo‘lib, 18 kishi yaralangan. Foto: Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Volodimir Kostyantinivkaga berilgan raketa zarbalari vaqtida yonib ketgan uyidan televizorni olib chiqmoqda.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Kostyantinivkadan 22 kilometr masofada boshqa shahar — Drujivka joylashgan. Donetsk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenkoga ko‘ra, rossiyalik harbiylar bu shaharga to‘rtta raketa yo‘llagan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan. Foto: Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Kostyantinivka bo‘ylab berilgan aviazarbalar oqibatida halok bo‘lgan 75 yoshli qaynonasi jasadi ustida yig‘layotgan 45 yoshli Oksana Kazelskaya.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiyaliklar raketasidan vayron bo‘lgan Drujivkadagi savdo markazi
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Drujivkadagi bolalar maydonchasi o‘rnida snaryaddan hosil bo‘lgan o‘ra
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
«LXR» harbiylari iyul oyi boshida RF nazoratiga o‘tgan Lisichanskda ukrain harbiy texnikalari ko‘rgazmasiga qo‘yilgan gaubitsa oldida
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina harbiylari qoldirib ketgan qurollar Lisichanskdagi ko‘rgazmada
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Pokrovskdagi stansiyada yig‘ilgan qochqinlar (Donetsk oblasti) Dniproga yo‘l oladigan poyezd kutishmoqda
Nariman El-Mofty / AP / Scanpix / LETA
Donetsk oblastining Seversk shahridagi yo‘lda raketa qoldig‘i. Ukraina nazoratida qolayotgan bu hudud tomon rossiyalik harbiylar yaqinlashib kelmoqda. Foto: Miguel Medina / AFP
Seversk o‘qqa tutilishi chog‘ida yaralangan harbiyni shifoxonaga olib ketishmoqda
Narciso Contreras / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp​ images / Vida Press
Ukrain harbiylari og‘ir jangdan keyin bir-birini quchmoqda, surat muallifining aytishicha, ularning barcha safdoshlari halok bo‘lishgan. Seversk. Foto: Narciso Contreras / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp​ images / Vida Press
Izyum va Kramatorskni o‘zaro bog‘laydigan yo‘l bo‘yidagi quyuq tutun. Foto: Kostyantin і Vlada Lіberovi
Ukraina sharqida yonayotgan dala maydoni. Ukraina hukumati Rossiya armiyasini bug‘doy dalalarini qasddan yoqib yuborayotganlikda ayblamoqda.
Foto: Kostyantin і Vlada Lіberovi
Kramatorskliklar zarbalardan keyingi vayrongarchilikni ko‘zdan kechirmoqda. Foto: Kostyantin і Vlada Lіberovi
Kramatorskka yo‘llangan zarbalardan keyin yonib ketgan uy. Foto: Kostyantin і Vlada Lіberovi

Xarkiv

Qutqaruvchilar Xarkiv markazida rossiyaliklar aviazarbasidan vayron bo‘lgan turar joy hududida ishlamoqda. Shaharga qilingan navbatdagi hujum oqibatida yetti kishi yaralangan, ulardan biri 12 yoshli qizcha. Foto: Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Xarkiv markazida rossiyaliklar zarbasidan keyingi vayrongarchilik. «Iskander» tipidagi raketa turar joylar o‘rtasidagi hovliga kelib tushgan. Natijada ikki qavatli uy qulab tushgan, yana bir uyning bir qismi vayron bo‘lgan. Foto: Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Kiyev oblasti 

Teterevskoye qishlog‘ining ko‘rinishi, Kiyevdan 106 kilometr masofa
Sergei Chuzavkov / AFP / Scanpix / LETA

Dnipro

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Dniprodagi hospitalda yarador harbiyning qo‘lini siqmoqda
Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top