18:59 / 11.07.2022
9630

Bayden Si Jinping bilan muzokara o‘tkazishi ma’lum qilindi

Avvalroq AQSh davlat departamenti rahbari Entoni Blinken Xitoy va Rossiyaning ehtimoliy ittifoqini tanqid qilgandi.

Foto: AP

AQSh prezidenti Jo Bayden va XXR raisi Si Jinping yaqin haftalar ichida muzokara o‘tkazadi. Bu haqda AQSh davlat departamenti rahbari Entoni Blinken ma’lum qildi.

«Rais Si va prezident Bayden yaqin haftalar ichida muzokara o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lishini kutyapmiz», — dedi Blinken.

Avvalroq Blinken Xitoy va Rossiyaning ehtimoliy ittifoqini tanqid qilgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy hech qachon neytralitet saqlamagan, BMTda doim Rossiyani qo‘llab-quvvatlagan va «shunday qilishda davom etmoqda».

Blinken XXR tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuvi chog‘ida AQSh Xitoy bilan yangi «sovuq urush» boshlash niyatida emasligini bildirgan.  

Mavzuga oid
Top