18:27 / 11.07.2022
13839

Putin barcha ukrainaliklar uchun Rossiya fuqaroligini olish tartibini soddalashtirdi

2019 yilda «DXR» va «LXR» aholisi uchun Rossiya fuqaroligini olishning soddalashtirilgan tartibi joriy etilgandi.

Foto: Aleksandr Reka / TASS

Vladimir Putin Ukrainaning barcha aholisi uchun Rossiya fuqaroligini olish tartibini soddalashtiruvchi farmonni imzoladi.

«Ukraina, Donetsk Xalq Respublikasi yoki Lugansk Xalq Respublikasi fuqarolari va Ukraina, Donetsk Xalq Respublikasi yoki Lugansk Xalq Respublikasida yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olish uchun murojaat qilish huquqiga ega», — deyiladi farmonda. 

2019 yilda «DXR» va «LXR» aholisi uchun Rossiya fuqaroligini olishning soddalashtirilgan tartibi joriy etilgandi.

May oyida Putin Ukrainaning Zaporojye va Xerson oblastlari aholisi uchun fuqarolikni olishning soddalashtirilgan tartibini joriy etdi. 

2022 yil 21 fevral kuni Putin Rossiya «DXR» va «LXR» mustaqilligini tan olishini e’lon qilgandi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top