13:22 / 11.07.2022
28140

Xatirchida YTH oqibatida ikki qiz halok bo‘ldi

Avtohalokatga haydovchi mashinani katta tezlikda boshqargani sabab bo‘lgan.

Videodan kadr

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida inson o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, xodisa 2022 yil 2 iyul kuni soat 15:30lar atrofida Xatirchi tumani hududidan o‘tgan 4R-56 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Xatirchi tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro Lasetti mashinasini “Langar-Xatirchi” yo‘nalishida boshqarib borayotib, tezlikni oshirishi natijasida boshqaruvni yo‘qotgan. Mashina yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan hamda ag‘darilgan.

YTH oqibatida mashinada bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchi qiz og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan, yana bir nafar yo‘lovchi esa tuman markaziy shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top