07:42 / 12.07.2022
28514

2022/2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni ma’lum qilindi

2022/2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot berildi. Davlat test markazi tegishli axborot bilan chiqdi.

Foto: Kun.uz

Markaz xabariga ko‘ra, my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan (telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazgan) abituriyentlar soni — 532 035 nafarni tashkil qildi

Shundan: ta’lim yo‘nalishlarini tanlaganlar: 372 044 nafar; ta’lim yo‘nalishlarini tanlamaganlar: 159 991 nafar. Tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritganlar — 344 810 nafar. 

Shundan: 185 057 nafari — joriy yil bitiruvchilari; 159 753 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

  • Samarqand viloyati — 45 907 nafar;
  • Toshkent viloyati — 41 268 nafar;
  • Qashqadaryo viloyati — 39 237 nafar;
  • Farg‘ona viloyati — 35 746 nafar;
  • Andijon viloyati — 29 291 nafar;
  • Toshkent shahri — 27 729 nafar;
  • Surxondaryo viloyati — 27 475 nafar;
  • Namangan viloyati — 23 184 nafar;
  • Buxoro viloyati — 22 129 nafar;
  • Jizzax viloyati — 19 756 nafar;
  • Xorazm viloyati — 18 800 nafar;
  • Navoiy viloyati — 16 790 nafar;
  • Sirdaryo viloyati — 14 272 nafar;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 10 460 nafar.
Top