16:07 / 12.07.2022
5047

O‘zbekiston va YeOII hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan hujjatlar imzolashni rejalashtirmoqda

Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi delegatsiyasi Toshkentga keldi.

Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) boshqaruvi raisi Mixail Myasnikovich kecha amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

YeIK rasmiy saytidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ikki kunlik tashrif davomida qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.

E’lon qilingan xabar matnida aytilishicha, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan hujjatlar imzolanishi ham mo‘ljallanmoqda.

Bundan oldin Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri YeOIIni o‘zgartirish zarurligini aytgandi.

Muxtor Tleuberdining so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalar sharoitida erkin bozorni tashkil etish uchun YeOII faoliyatini o‘zgartirish zarur. 

Sanksiyaviy ziddiyat Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqini o‘zgartirish zaruratini keltirib chiqarmoqda, dedi Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi. 

Mavzuga oid
Top