12:58 / 12.07.2022
11535

O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘pligi aytildi

O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p ekani ochiqlandi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli ma’lumot bilan chiqdi.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yil 1 iyul holatiga respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 14 353 tani tashkil etgan. 

Qayd etilishicha, faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 539 taga oshgan.

Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni quyidagicha:

  • Rossiya – 2 654 ta;
  • Turkiya – 2 032 ta;
  • Xitoy – 2 011 ta; 
  • Qozog‘iston – 1 161 ta;
  • Koreya – 905 ta.

Xorijiy kapital ishtirokida 2022 yilning yanvar-iyun oylarida yangi tashkil etilgan korxonalarning davlatlar kesimida soni quyidagicha:

  • Rossiya – 399 ta;
  • Turkiya – 183 ta;
  • Xitoy – 124 ta;
  • Qozog‘iston – 100 ta.

Bundan oldin 6 oyda 50 mingdan ortiq yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgani xabar qilingandi

Top