14:52 / 15.07.2022
52555

Prezident maktablari 1-bosqich saralash imtihon natijalari e’lon qilindi

Joriy yilning 1 iyul kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 1-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz

Imtihon natijalarini portal.piima.uz saytining «Qabul 2022» bo‘limi «Natijalar» oynasining «Prezident maktablari natijalari» bo‘limidan ID raqamini kiritish orqali aniqlash mumkin.

Asosiy imtihonlar avgust oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

Yakuniy bosqichga saralash bosqich imtihonida qatnashgan nomzoddan 6720 nafari, ya’ni qabul kvotasida belgilangan har bir o‘ringa 20 kishi hisobidan talabgorlar yo‘llanma oladi.

Top