15:36 / 16.07.2022
8962

Haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihondan o‘tkazib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi 

Buxoro viloyatida haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihondan o‘tkazib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda IIBning G‘ijduvon tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, fuqaro F.D. boshqa bir fuqaro N.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yish evaziga 3,8 mln so‘mni tanishining plastik kartasiga o‘tkazib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Mahkama xabarida aytilishicha, hozirgi vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top