16:05 / 18.07.2022
7126

Navoiyda yulduzlarni kuzatish xizmati bo‘lgan sayyohlik majmuasi qurilyapti

Viloyat markazidan qariyb 150 kilometr olisda, Qizilqum cho‘lida bunyod etilayotgan maskanda sayyohlar ot, tuya hamda kvadrosiklda sayr qilish imkoniga ham ega bo‘lishadi.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati

Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov Konimex tumanining Yangig‘azg‘on ovuli hududida qurilayotgan mazkur loyiha bilan tanishgan. Viloyat rahbari qurilish ishlarining borishi va majmuada dam oluvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirgan. 

Foto: Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati

Ta’kidlanishicha, bu yerda sayyohlar uchun an’anaviy va noan’anaviy bo‘lgan 10 ga yaqin xizmat turlari yo‘lga qo‘yiladi. Ot, tuyada hamda kvadrosiklda sayr qilish, tuz va tuya suti bilan davolash, yulduzlarni kuzatish xizmatlari shular jumlasidandir.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati

Ushbu maskan loyiha quvvatiga ko‘ra kuniga 250 nafarga yaqin dam oluvchiga xizmat ko‘rsatadi. Majmua ishga tushgach turizm xizmati eksporti yiliga 800 ming dollarni tashkil etishi ko‘zda tutilgan.

Top