07:34 / 19.07.2022
8802

Elektr tarmoqlari boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi

Miromil Saidov Elektr tarmoqlari boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Energetika vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Miromil Odiljonovich Saidov O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Elektr tarmoqlari boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

M.Saidov bunga qadar Energetika vazirligining Elektr tarmoqlari boshqarmasi bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Top