19:11 / 20.07.2022
17142

Erdo‘g‘an Tehronda Putin bilan o‘tkazgan uchrashuviga baho berdi 

Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Vladimir Putin Anqaraning Ukrainadagi vaziyatni barqarorlashtirish yo‘lidagi sa’y-harakatlariga "ijobiy munosabatda" ekanligini qayd etdi. 

Foto: AFP

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Tehronda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan o‘tkazgan muzokaralarini sermahsul deb atadi. 

"Rossiya prezidenti Putin bilan ikki tomonlama mazmunli va sermahsul uchrashuv bo‘lib o‘tdi", — dedi u. 

Erdo‘g‘an Putin Anqaraning Ukrainadagi vaziyatni barqarorlashtirish yo‘lidagi sa’y-harakatlariga "ijobiy munosabatda" ekanligini qayd etdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya prezidenti buning uchun "minnatdorlik ham bildirgan". 

"Tabiiy gaz, “Oqquyu” va boshqa masalalarda ham hamkorlikni davom ettiramiz degan umiddaman", — dedi Turkiya prezidenti. 

Avvalroq Eron poytaxti Tehronda Rossiya, Turkiya va Eron prezidentlari ishtirokida Suriya masalasi bo‘yicha sammit o‘tkazildi. 

Top