08:04 / 22.07.2022
6204

Bozorlardagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi ma’lum qilindi

Nukus shahridagi dehqon bozorida 45 000 so‘mdan mol go‘shti sotilmoqda.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari e’lon qilindi.

Davlat statistika qo‘mitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv o‘tkazgan. 

2022 yil 21 iyul holatiga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:

  • suyakli mol go‘shti (1 kg) ➖ 45 000 – 77 000 so‘m;
  • qo‘y go‘shti (1 kg) ➖ 55 000 – 89 000 so‘m;
  • kartoshka (1 kg) ➖ 2 000 – 7 000 so‘m;
  • piyoz (1 kg) ➖ 3 000 – 8 500 so‘m;
  • sabzi (1 kg) ➖ 1 300 – 6 000 so‘m;
  • tuxum (10 dona) ➖ 7 000 – 15 000 so‘m;
  • guruch (1 kg) ➖ 5 000 – 22 000 so‘m;
  • o‘simlik yog‘i (1 l) ➖ 15 600 – 30 000 so‘m;
  • shakar (1 kg) ➖ 11 000 – 18 000 so‘m;

Bunda dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.

Mavzuga oid
Top