14:39 / 26.07.2022
16145

Donbassda maktab va uylar, Xarkivda teatr o‘qqa tutildi. Urush suratlari

25 iyul kuni Yevroittifoq Ukrainaga mamlakatni tiklash uchun yarim milliard yevro ajratdi. Ukraina hukumati bir necha kun ichida dengiz orqali g‘alla eksportini tiklashni mo‘ljallamoqda. Rossiya FXX ukrain razvedkasining RF harbiy-havo kuchlari samolyotlarini olib qochish bo‘yicha rejasi fosh etilgani haqida xabar berdi. Xerson oblastining rossiyaparast hukumati tez orada grivnadan voz kechilib, to‘liq rubldan foydalanishga o‘tilishini ma’lum qildi. «Gazprom» 27 iyuldan Yevropaga «Shimoliy oqim — 1» orqali yetkazib beriladigan gaz hajmi ikki barobar qisqartirilishi haqida e’lon qildi. 

Quyida 25 iyul kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Xarkiv

Xarkiv oblastidagi front chizig‘i yaqinida rossiyalik askarlarni ifodalovchi chuchela. Oblast rahbari Oleg Sinegubovning ma’lum qilishicha, 25 iyulga o‘tar kechasi rossiyalik harbiylar Xarkivning Chuguyev shahri atrofidagi hududlarni S300 zenit-raketa majmuasi orqali o‘qqa tutgan.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Qutqaruvchilar Chuguyevda rossiyalik harbiylar tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida vayron bo‘lgan madaniyat uyi xarobalarida ishlamoqda. 25 iyul tongida oblast ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov xarobalar ostidan uch kishi chiqarib olinganini xabar qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bino yerto‘lasida jami yetti kishi yashiringan bo‘lgan.
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Chuguyevdagi madaniyat uyi o‘qqa tutilishi oqibatlari
Nacho Doce / Reuters / Scanpix / LETA
Qutqaruvchi madaniyat uyidagi omon qolgan teatr liboslarini olib chiqishda yordamlashmoqda
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA

 Donbass shimoli

Kramatorskdan 30 kilometr masofadagi Konstantinovka shahri aholisi vakili zarbalardan vayron bo‘lgan maktab binosi oldidan o‘tmoqda. 26 iyul tongida Ukraina Bosh shtabi Ukraina qurolli kuchlari rossiyaliklarning Kramatorsk yo‘nalishidagi yurishini Spornoye posyolkasi va «Muqaddas tog‘lar» milliy tabiat bog‘i hududida to‘xtatishgani haqida xabar bergandi. Foto: Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Baxmutda yashovchi 61 yoshli ayol Rossiya tomoni yo‘llagan zarbalardan keyin uyidagi holatni ko‘zdan kechirmoqda. 26 iyul tongida Ukraina Bosh shtabi rossiyalik harbiylar Baxmut yo‘nalishida Berestovoye va Semigore qishloqlari hududlaridagi janglardan keyin ortga chekingani haqida xabar bergan. Shu bilan birga, RF qurolli kuchlari Pokrovskoye tomon yurish qilishda davom etmoqda. 
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Rubijne shahridagi uylardan birining hovlisiga ko‘milgan tinch aholi vakillari jasad qoldilari eksgumatsiya jarayoni. Umumiy qabrdan yetti kishining jasadi chiqarib olingan, shundan ikki nafari — 11 va 12 yoshli bolalar. Rossiya harbiylari 2 iyulga kelib Luhansk oblastidagi Lisichansk shahri va undan g‘arbdagi posyolkalarni egalladi. Natijada Severodonetsk — Lisichansk — Rubijne aglomeratsiyasi ham, ya’ni Luhansk oblasti to‘lig‘icha Rossiya nazoratiga o‘tdi.
Stanislav Krasilnikov / TASS
Rubijnedagi uy hovlisida otishma qurbonlari eksgumatsiyadan keyin dafnga tayyorlanmoqda
Stanislav Krasilnikov / TASS
Kramatorskka olib boruvchi yo‘l yoqasidagi tankka qarshi to‘siqlar va beton bloklar. Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA

 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top