09:05 / 28.07.2022
4165

Jorj Floyd ishi: AQShda ikki sobiq politsiyachi 3 va 3,5 yilga qamaldi

Politsiya xodimlari afroamerikalikka yordamga kelmaganlikda ayblanmoqda, bu paytda boshqa bir politsiya xodimi erkakning bo‘yniga deyarli o‘n daqiqa tizzasi bilan o‘tirib olib, uning bo‘g‘ilib o‘lishiga sababchi bo‘lgan.

Foto: Reuters

AQSh okrug sudyasi Pol Magnyuson Minnesota shtatining Sent-Pol shahrida bo‘lib o‘tgan sud majlisida Minneapolisning ikki sobiq politsiyachisi Tu Tao va Aleksandr Kengani mos ravishda 3,5 va 3 yilga hukm qildi. Ular 2020 yil may oyida qo‘lga olish chog‘ida vafot etgan afroamerikalik Jorj Floydning fuqarolik huquqlarini buzganlikda aybdor deb topildi, deb xabar qildi Reuters 28 iyul, payshanba kuni. Sudlangan politsiya xodimlari - bu ishda oxirgi ayblanuvchilar. 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, politsiya xodimlari zobit Derek Shovin deyarli o‘n daqiqa davomida qo‘lga olingan Jorj Floydning bo‘yniga tizzasi bilan o‘tirib olganida, unga yordamga kelmaganlikda aybdor deb topildi. 

Foto:AFP

Tergov xabarida aytilishicha, Aleksandr Kenga Floydning belini bosgan, Tu Tao esa o‘tkinchilarni tarqatish bilan ovora bo‘lgan. Yana bir zobit - Tomas Leyn qo‘lga olingan erkakning oyoqlaridan ushlab turgan.

Bir necha kun oldin sud Tomas Leynni ikki yarim yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi. 2021 yil iyun oyida Jorj Floydning o‘limida aybdor deb topilgan sobiq politsiyachi Derek Shovinga nisbatan hukm e’lon qilindi. U 252 oy (21 yil)lik qamoq jazosini oldi. Ammo sudgacha Shovinning yetti oy qamoqda o‘tirgani inobatga olinsa, u 20 yil-u besh oy qamoqda bo‘ladi. 

Floydning o‘limi irqiy kamsitishlarga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari va Black Lives Matter ( «Qora tanlilarning hayoti muhim», BLM) markazlashmagan ijtimoiy-siyosiy harakatining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Namoyishlar ba’zi hollarda tartibsizliklar va politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi. Keyinchalik ko‘plab boshqa mamlakatlarda ham shunga o‘xshash namoyishlar o‘tkazildi. 

Mavzuga oid
Top