13:00 / 30.07.2022
4674

“O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” Ustyurtda uglevodorodlar qazib chiqarish borasidagi ishlar holatini o‘rgandi

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi “Ishchi guruh” a’zolari tomonidan Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasida tabiiy gaz qazib chiqarilishi holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Foto: O‘zbekneftgaz

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi “Ishchi guruh” Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasida yangi maydonlarda uglevodorodlar zaxirasini oshirish, konlarda tabiiy gaz qazib chiqarishni ko‘paytirish va texnologik obektlarni qurish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni joyida chiqqan holda o‘rgandi.

Navbatdagi kungi o‘rganish ishlarida, Boshqaruv raisi tashrifi marshruti “Quyi Shimoliy Berdax” 4-sonli (GRR) qudug‘ida olib borilayotgan burg‘ilash ishlari, “Inam” 16-sonli (KRS) qudug‘ida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari, “Shimoliy Berdax" 110-, 111-, 112 - sonli (ekspl.) quduqlarining burg‘ilash jarayonlarini ko‘zdan kechirish, “Shimoliy Berdax” 13-, 14-, 59-, 67-sonli (KRS) quduqlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari, “Sharqiy Berdax” 5-, 44-, 59-sonli (KRS) quduqlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari, “Quyi Sharqiy Berdax” 4- (GRR), 10-, 12-sonli (OE) quduqlarida olib borilayotgan burg‘ilash jarayonlari, “Shag‘irlik” 2-sonli (KRS) qudug‘ida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari holatini o‘rganishga qaratildi.

Dastlab, Ustyurt regionida uglevodorodlar zaxirasini o‘stirish Dasturi doirasida olib borilayotgan geologik qidiruv burg‘ilash ishlarini nazorat qilish maqsadida “Sharqiy Arslon” maydonidagi 1-sonli va murakkab ta’mirlanayotgan “Arslon” konidagi 30-sonli quduq tubini chuqurlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ta’mirlash ishlari joyidan o‘rganildi.

Shundan so‘ng, “Quyi Sharqiy Berdax” konidagi 4-sonli izlov qidiruv quduqlarida olib borilayotgan burg‘ilash ishlari bilan yaqindan tanishildi hamda zaxiralarni o‘stirish borasidagi ishlarni jadallashtirish bo‘yicha tegishli mutaxassislarga ko‘rsatmalar berildi.

“Shimoliy Berdax” konidagi 110-,111-,112-sonli, “Quyi Sharqiy Berdax” konidagi 10-,12-sonli qazib chiqarish quduqlaridagi burg‘ilash ishlari bilan tanishildi.

Mukammal ta’mirlanayotgan “Shimoliy Berdax” 13-sonli, “Sharqiy Berdax” konidagi 44-,59-sonli quduqlar holati “Ishchi guruh” tomonidan tahlil qilindi.

O‘rganishlar davomida quduqlarni burg‘ilash va mukammal ta’mirlash ishlarini olib borayotgan pudratchi tashkilotlar bilan mavjud muammoli masalalar muhokama qilinib, boshqarma va tegishli departament boshliqlariga ishlarni tezlashtirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Boshqaruv raisi ishchi-xodimlarning taklifiga binoan ular bilan birgalikda tushlik qilib, shu jarayonda ularning ovqatlanish sharoitlari bilan ham yaqindan tanishdi.

Shundan so‘ng, “Arslon” konida joylashgan Shtabda “Ishchi guruh” a’zolari va pudratchi tashkilotlar ishtirokida Ustyurt regionida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

Taqdimotda:

- Ustyurt regionida olib borilayotgan izlov-qidiruv ishlari holati bo‘yicha Geologiya departamenti boshlig‘i A.Gadoyev “O‘zbekgeofizika” AJ boshqaruv raisi R.Yusupjonov hisoboti tinglandi.

- Regionda quduqlarni burg‘ilash ishlari holati bo‘yicha Burg‘ilash ishlarini muvofiqlashtirish departamenti boshlig‘i E.Mamatov va “O‘zneftgaz burg‘ilash ishlari” MChJ direktori U.Amanovlarning hisoboti tinglandi.

- Konlarni geologik va gidrodinamik modellashtirish, texnologik rejim bo‘yicha ishlatish va yangi quduqlarni burg‘ilash o‘rnini va mukammal ta’mirlashga quduq tanlash borasida joriy yilning yetti oyida bajarilgan va 2022 yil oxirigacha uglevodorodlarni qazib chiqarish prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi uchun rejalashtirilgan chora-tadbirlar bo‘yicha Konlarni ishlatish departamenti boshlig‘i S.Mallayev va Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi bosh geologi B.Kdirovlar taqdimoti tinglandi.

- Ustyurt regionida olib borilayotgan loyihalashtirish ishlari va yangi infrastruktura qurilishi bo‘yicha “UzLITIneftgaz” AJ Boshqaruv raisi U.Nazarov va Ustyurt GQCh boshqarmasi bosh muhandisi Z.Rajabov so‘zga chiqdi.

- 2022 yil yetti oyligida bajarilgan va yil yakuni bilan bajariladigan quduqlarni mukammal ta’mirlash ishlari bo‘yicha “O‘zneftgazquduqta’mirlash” AJ bosh direktori R.Qudratov hisobot berdi.

- Shundan so‘ng 2022 yilda “O‘zbekneftgaz” AJ bo‘yicha olib boriladigan geologo-texnik tadbirlarni ishlab chiqish va monitoringini yuritish bo‘yicha jalb qilingan “Shlyumberjye” (dunyoning yetakchi nefservis kompaniyasi) kompaniyasi mutaxassislari A.Safronov va A.Kuvanishev Ustyurt regioni bo‘yicha seysmik va petrofizik ma’lumotlarini qayta interpritatsiya qilish bo‘yicha xisoboti tinglandi.

Yig‘ilish yakunida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev Ustyurt regionida olib borilayotgan ishlarni jadallashtirish va 2022 yil yakuni bilan belgilangan reja ko‘rsatkichlarini bajarish hamda ustuvor vazifalar bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berdi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Top