07:49 / 30.07.2022
8277

Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bir guruh faollar mukofotlandi

Prezident “Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bir guruh faollarni mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Faollar mamlakatda millatlararo do‘stlik va totuvlikni, turli millat va elat vakillari o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik, bag‘rikenglik, mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, milliy madaniyatlar, urf-odat va an’analarni saqlash hamda rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi, xorijiy davlatlar bilan ikki tomonlama manfaatli munosabatlar va madaniy-ma’rifiy aloqalarni yanada kengaytirish, Yangi O‘zbekistonning tinchliksevar va xalqparvar siyosatini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish borasidagi katta xizmatlari, yosh avlodni vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli ishlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun mukofotlandi.

Quyidagilar mukofotlandi:

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

  • Usmanov Nail Kayumovich - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universitetining gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash kafedrasi dotsenti;
  • Sharofidinov Suvxidin - So‘x tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli, Farg‘ona viloyati;

«Do‘stlik» ordeni bilan

  • Avazov Ergash Xidirberdiyevich - Respublika turkman milliy madaniy markazining Surxondaryo viloyati bo‘limi raisi;
  • Adjiosman Zakir Sabriyevich - Toshkent shahridagi «Avdet» qrim-tatarlar milliy madaniy markazi raisi o‘rinbosari;
  • Adilbayev Janabay - Qorao‘zak tumanidagi «Quralpa» ovul fuqarolar yig‘ini raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
  • Blumxardt Aleksandr - Knauf kompaniyasining MDH davlatlari bo‘yicha hamkor boshqaruvchilari bosh vakili;
  • Veysalov Rasul Latifovich - Sirdaryo tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli, Sirdaryo viloyati;
  • Volodin Andrey Yakovlevich - O‘zbekiston rus milliy madaniy markazining Namangan viloyati bo‘limi raisi;
  • Gechu Sergey Viktorovich - «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining 2-navli prokat sexi elektr uskunalarini ta’mirlash ustasi, Toshkent viloyati;
  • Yevtushenko Olga Anatolevna - Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Alternativa kommunal plus» xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati raisi, Toshkent shahri;
  • Yog‘mirov Davlat Cho‘liyevich - Qashqadaryo viloyati arab milliy madaniy markazi raisi o‘rinbosari;
  • Iskenderov Usen Mutalipovich - O‘zbekiston uyg‘ur milliy madaniy markazi raisi;
  • Kim Antonina Ye-Senovna - O‘zbekiston koreys milliy madaniy markazlari uyushmasining Xorazm viloyati hududiy bo‘linmasi raisi;
  • Kuliyeva Minsilu Mavletbayevna - Toshkent shahri boshqird milliy madaniy markazining boshqird-tatar guruhi xonandasi, shoira;
  • Li Xiangrun - Samarqand shahridagi «Azia Metall Prof» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Samarqand viloyati;
  • Mamedov Eldar Kismir-o‘g‘li - Respublika ozarboyjon milliy madaniy markazining boshqaruv kengashi a’zosi;
  • Miller Valentina Aleksandrovna - «Wiedergeburt» O‘zbekiston nemis milliy madaniy markazining Farg‘ona viloyati bo‘limi raisi;
  • Mityuleva Valentina Vadimovna - «Gidroproyekt» aksiyadorlik jamiyatining gidrotexnika bo‘limi boshlig‘i, Toshkent shahri;
  • Nazilov Dodo - Respublika tojik milliy madaniy markazining boshqaruv kengashi a’zosi;
  • Narinbetov Turexan Kanatovich - O‘zbekiston qozoq milliy madaniy markazining Navoiy viloyati bo‘limi raisi;
  • Nosirov Obidjon Xamidovich - O‘zbekiston qirg‘iz milliy madaniy markazining Andijon viloyati bo‘limi raisi;
  • Ragimova Mexriban Ziyadxan qizi - Mirobod tumanidagi «Temir yo‘lchilar» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Toshkent shahri;
  • Xaimov Mier Raxmanovich - G‘allaorol tumanidagi «G‘allaorol kaliy fosfat» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati;
  • Shelyakina Lyudmila Konstantinovna - Toshkent shahridagi The Big Smart Trade mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh hisobchisi;

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

  • Aslanova Yelena Yurevna - Samarqand viloyati gimnastika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabining katta murabbiysi;
  • Monich Nadejda Moiseyevna - «Svetlitsa polska» O‘zbekiston polyak milliy madaniy markazining Buxoro viloyati bo‘limi raisi o‘rinbosari;

«Shuhrat» medali bilan

  • Qalandarova Matluba Xamidovna - Do‘stlik tumanidagi «Manaslik chevarlar» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati;
  • Musabekov Baxtiyar Tursunbayevich - «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «O‘zbekiston» lokomotiv deposi chilangari, Toshkent viloyati;
  • Tleumuratov Kuanishbay Bazarbayevich - Uzbekistan GTL mas’uliyati cheklangan jamiyatining sintetik gaz ishlab chiqarish sexi boshlig‘i;
  • Soy Lyutsiya Andreyevna - O‘zbekiston davlat simfonik orkestrining oliy toifali orkestr artisti.
Top