09:38 / 31.07.2022
12563

Namanganda 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Foto: Namangan YXHB

Namangan shahrida uchta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Namangan viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berishicha, 30 iyul kuni soat taxminan 13:00 larda Namangan shahar Navoiy ko‘chasida Spark transport vositasini boshqarib ketayotgan ayol Yangiobod chorrahasidan chap tarafga harakatlanayotgan vaqtda harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, asosiy yo‘lda kelayotgan Nexia-3 avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Buning natijasida Nexia-3 haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, piyodalar qatnov yo‘lagida turgan Damas rusumli transport vositasiga borib urilgan.

Hodisa oqibatida uchta avtomashina ham texnik shikastlangan, jarohat olganlar yo‘q.

Top