Toshkent viloyati Olmaliq shahrida 31 iyul kuni 2–3 balli zilzila qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.
Qayd etilishicha, mahalliy vaqt bilan 04:42 da zilzila sodir bo‘ldi.
Episentr: Toshkent viloyati Ohangaron tumani. Zilzila koordinatalari: 40,89 gradus shimoliy kenglik; 69,65 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,2. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 55 km janubi-sharqda joylashgan.