07:45 / 01.08.2022
8289

O‘zbekistonga oziq-ovqat mahsulotlari asosan Qozog‘istondan olib kirilmoqda

Oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.

Foto: Kun.uz

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-iyun oylarida import qilingan oziq-ovqat mahsulotlari hajmida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar orasida Qozog‘iston yetakchilik qilmoqda – 37,9 foiz.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar bo‘yicha quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • Rossiya – 25,6 foiz;
  • Braziliya – 11,9 foiz;
  • Belarus – 4,3 foiz;
  • Pokiston – 2,9 foiz;
  • boshqa davlatlar – 17,4 foiz.

2022 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston qiymati qariyb 450 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 821 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan. 

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 104 ming tonnaga oshgan. 

Top